AVO platinum plastik kartasini qanday buyurtma qilishim mumkin?

AVO platinum plastik kartasini buyurtma qilish uchun:

 

  1. AVO ilovasini oching va «Asosiy» ekraniga o‘ting.

  2. Kartalar bo‘limida «Yangi kartani qo‘shish» tugmasini bosing.

  3. «Yangi karta chiqarish» tugmasini bosing.

  4. AVO platinum kartasini tanlang.

  5. O'zingizga qulay chiqarish usulini tanlang:
     • 59 000 so'mga, xizmat ko‘rsatish bepul;
     • kartani bepul chiqaring, xizmat ko‘rsatish har oy 4 990 so‘m.

  6. Agar kartani 59 000 so'mga chiqarsangiz, to‘lovni AVO platinum digital kartasidan amalga oshiring.

  7. Tayyor! Kartani eng yaqin kartomatdan olib ketishingiz mumkin.

 

Bu muhim:

Agar sizda qarzdorlik bo‘lsa, faqat bepul chiqariladigan plastik kartani olishingiz mumkin.

Bepul karta uchun xizmat ko'rsatish oylik komissiyasi — 4 990 so‘m. Bu summa har oy, hisob bo‘yicha ko'chirma chiqarilgan sanada yechib olinadi. Karta faollashtirilgan birinchi oyda bu komissiya olinmaydi.

Bepul chiqarilgan kartani 30 kun ichida olib keting, 59 000 so‘mlik kartani esa 6 oy ichida. Agar ko‘rsatilgan muddatda olib ketmasangiz — buyurtma bekor qilinadi. Kartaga qaytadan ilovada buyurtma berish mumkin

 

Qiziqarli bo'lishi mumkin: