AVO platinum plastik kartalarida sizning ismingiz yo'q — bu sizga kartani xohlagan vaqtda, bir necha daqiqada chiqarish imkonini berish uchun qilingan. Bunday kartalar boshqa kartalardek xavfsiz hisoblanadi, faqat ayrim operatsiyalar uchun ism talab qilmaydi.

Bunday kartalar bilan har qanday operatsiyalarni bajarishingiz mumkin, masalan:

  • onlayn yoki oddiy do'konlarda xaridlarni to‘lash;
  • bankomatlarda naqd pul yechish;
  • xizmatlar uchun to‘lovlar va pul o‘tkazmalari.

Ba’zan bank terminallari yoki bankomatlarida to‘lov qilganda, chekda ismingiz o'rniga «Cardholder’s Name» yozilishi mumkin. Bu oddiy texnik xususiyat bo‘lib, xatolik yoki shubhali operatsiyani anglatmaydi.

Mastercard qoidalariga ko'ra barcha amaldagi kartalar to‘lov uchun istisnosiz qabul qilinishi kerak, bu haqida 5.11.1 «Honor All Cards» bo'limida yozilgan.

Agar to'lovingiz o'tmasa yoki kartani ishlatishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, bizga +998 (78) 888‑78‑87 raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling — xodimlarimiz albatta yordam berishadi