Omonatdan mablag‘ni qanday yechib olish mumkin?

Omonatdan mablag'ni yechish uchun:

  1. AVO ilovasini oching.

  2. Asosiy bo'limda "Mening kartalarim" ga o'ting.

  3. "Omonatlar" bo‘limiga o'ting

  4. Kerakli omonatni tanlang

  5. "Pul yechish" tugmasini bosing.

  6. Olmoqchi bo'lgan summani kiriting.

  7. "O‘tkazish" tugmasini bosing.

  8. Tayyor!

Foydali ma'lumotlar:

  • Mablag'ni talabgacha hisob raqamiga o'tkazib, so'ng kartaga o'tkazishingiz mumkin.

  • Omonatdagi mablag'larni to'liq yechib olish, hozirgi depozitni yopish bilan tenglashtiriladi.

  • Agar omonatda qolgan summa 100.000 so‘mdan kam bo‘lsa, pasaytirilgan stavka - yillik 0,01% qo‘llaniladi.