Omonatni qanday to'ldirish kerak? - AVO
AVO omonatini faqat AVO UZCARD digital, ilovaga qo'shilgan kartalar yoki AVO ilovasidagi hisobingizdan to‘ldirishingiz mumkin. AVO platinum kartasidan to'g'ridan to'g'ri to‘ldirish imkoni yo‘q.
Omonatni to‘ldirish uchun:
-
AVO ilovasida «Mahsulotlar» tugmasini bosing.
-
«Omonat» bo'limiga kirib, to'ldirmoqchi bo'lgan omonatning ustiga bosing.
-
«To‘ldirish» tugmasini bosing.
-
Pullarni qayerdan o'tkazishingizni va to'ldirmoqchi bo'lgan summani yozing.
-
«O‘tkazish» tugmasini bosing.
Minimal to‘ldirish summasi — 1 000 so‘m.
Naqd pul bilan to‘ldirish uchun: bankomat orqali AVO platinum kartasini to'ldiring, pullarni kartadan joriy hisobga o‘tkazing va keyin omonatni hisobdan to'ldiring.
Foizlar omonat to‘ldirilgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Agar omonat ochilgandan keyin 30 kun ichida to‘ldirilmasa, u avtomatik tarzda yopiladi