Pasport/ID-karta amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, ma’lumotlarni ilovada qanday yangilash mumkin? - AVO
Agar pasportingiz yoki ID-kartangiz amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring:
-
AVO mobil ilovasini oching.
-
"Asosiy" bo‘limiga o‘ting.
-
"Hujjatning amal qilish muddati tugashi" yoki "Hujjatning amal qilish muddati tugadi" degan xabarli oynada "Ma'lumotlarni yangilash" tugmasini bosing.
-
Yangi pasport ma’lumotlarini kiriting: ID-karta seriyasi va raqamini.
-
"Davom etish" tugmasini bosing.
-
MyID orqali qayta autentifikatsiyadan o‘ting.
-
Tayyor! Pasport ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli yangilandi.