Omonatdan qanday pul yechib olish mumkin? - AVO
Pulni avval omonatdan joriy hisobga yechib, keyin esa joriy hisobdan AVO, HUMO va UZCARD kartalariga o‘tkazish mumkin.
Omonatdan pul yechish uchun:
- AVO ilovasida «Mahsulotlar» tugmasini bosing.
- «Omonatlar» bo‘limiga o‘ting va kerakli omonatni tanlang.
- Yangi ekranda «Pul yechish» tugmasini bosing.
- Yechmoqchi bo‘lgan summani kiriting va «O‘tkazish» tugmasini bosing.
Omonat hisobida 100 000 so‘mdan ko'proq pul qoldirishni tavsiya qilamiz:
- agar hisobingizda 100 000 so‘mdan kam qolsa — foiz stavkasi yiliga 0,01% gacha tushadi;
- agar barcha pullarni yechsangiz — omonat yopiladi.
Agar pullarni 16:00 gacha yechsangiz, ushbu kun uchun foizlar faqat omonatda qolgan summaga hisoblanadi.
Pul o'tkazmalari uchun komissiya:
- omonatdan joriy hisobga — 0%;
- joriy hisobdan AVO kartalariga — 0%;
- joriy hisobdan HUMO va UZCARD kartalariga — 1%