2025-yil 19-maydan boshlab Kredit shartlari: - AVO
2025-yil 19-maydan boshlab individual kreditlash shartlarini qabul qilgan mijozlar uchun:
Kredit limiti: 100 000 000 so‘mgacha (Bank qaroriga ko‘ra individual tartibda belgilanadi, dastlabki 48 oy revolver kredit limit (qayta tiklanadigan), oxirgi 12 oy kredit limitini qayta sarflash imkonisiz)
Kreditdan foydalanish muddati: Dastlabki kredit limiti belgilangan sanadan 60 oy (Kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan 48 oy o‘tgach bank yoki mijoz rad etmaganda yangi kredit shartnomasini tuzish imkoni mavjud)
Kreditdan foydalanganlik uchun Foiz stavkasi (nominal miqdorda) Kredit bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida so‘ndirilganda:
-
Foizsiz davrda imtiyozli operatsiyalarga: yillik 0% (Agar to‘liq qarzdorlik summasi to‘lov davrida so‘ndirilgan bo’lsa, imtiyozli davrda bajarilgan xaridlarga foizlar hisoblanmaydi)
-
boshqa xaridlarga: yillik 27,9% — 74,9% (Agar to‘liq qarzdorlik summasi to‘lov davrida so‘ndirilmagan bo’lsa, foizlar hisoblanadi. Foizlar kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i summasidan har kuni hisoblanadi)
-
Naqd pul yechish, o‘tkazmalar va tenglashtirilgan operatsiyalar: yillik 27,9% — 74,9% (Foiz stavkalari kredit bo‘yicha qoldiqning har kunlik summasidan hisoblanadi)
-
Kredit bo‘yicha asosiy qarzning kechiktirish uchun kunlik qoldig‘iga oshirilgan foiz stavkasi: kunlik 0,25% (Xarajatlar davri uchun foizlar tegishli majburiy to‘lov kechiktirilgan taqdirda belgilangan stavka bo‘yicha hisoblanadi)
-
Penya: kechiktirilgan minimal to‘lov summasining 1% har kuni (muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga hisoblanadi va majburiy to‘lov miqdoriga qo‘shiladi. Majburiy to‘lovning muddati o‘tgan birinchi kunida to‘lovga qo‘yiladi.)
Foizsiz davr: 46 kalendar kunigacha:
-
Imtiyozli xarajatlar davri: 31 kalendar kunigacha (To‘lov davrida qarzdorlikni so‘ndirish sharti bilan Imtiyozli operatsiyalar bo’yicha foiz hisoblanmasdan xaridlar amalga oshirish mumkin bo‘lgan davr)
-
To‘lov davri: 15 kalendar kuni dam olish kunlarini hisobga olmagan holda (Imtiyozli operatsiyalarga foiz hisoblanmasligi uchun majburiy to‘lov yoki qarzdorlikning to‘liq summasini so‘ndirish lozim bo‘lgan davr. Ko‘chirma sanasi to‘lov davrining birinchi kuni hisoblanadi)
*Majburiy to‘lov har oylik ko’chirmada ko’rsatiladi!
Majburiy to‘lov sanasi: Bank tomonidan belgilanadi va ko‘chirma sanasidan boshlab 15 kalendar kuniga to‘g‘ri keladi
Minimal oylik to‘lov:
-
Dastlabki 48 oy davomida — Asosiy qarz summasining 4% (kamida 10 000 so‘m) + joriy xarajat davri uchun hisoblangan foizlar.
-
Oxirgi 12 oy davomida — qarzning 1/12 qismi miqdorida minimal oylik to‘lov (masalan, agar qarz 1 200 000 so‘m bo‘lsa, har oy 100 000 so‘m to‘lash kerak) + joriy xarajat davri uchun hisoblangan foizlar.
-
Kredit shartnomasi shartariga muvofiq boshqa to‘lovlar: Kredit bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida so‘ndirilmaganligi uchun so‘ndirilmagan komissiyalar, jarimalar va penyalar
Kredit mablag‘lari savdo nuqtalarida to‘lov qilish, onlayn xaridlar, naqd pul yechish va pul o‘tkazmalari uchun ishlatilishi mumkin.
*Imtiyozli hisoblanmaydigan operatsiyalar ro‘yxati bilan albatta tanishib chiqing!