Nashriyotchi

Qanday qilib AVO Platinum to'lov stikerini olishim mumkin?

  1. AVO ilovasini oching va “Mahsulotlar” bo‘limiga o‘ting, keyin “Hisoblar” ni tanlang, AVO Platinum hisobini tanlang va “To‘lov stikerini buyurtma qilish” tugmasini bosing. Yoki bosh bo'limda kartalar ostidagi imtiyozli davr bo‘yicha vidjetni toping, unga bosib kredit/hisob bo‘yicha batafsil ma’lumot ekranini oching va “To‘lov stikerini buyurtma qilish” tugmasini bosing.

  2. To‘lang: “To‘lov stikerini buyurtma qilish” tugmasini bosing, AVO Platinum kartasini tanlang va 79 000 so‘m to‘lang. Etibor bering, stikerni faqat AVO Platinum kartasi orqali to‘lash mumkin.

  3. Stikerni oling: AVO kartomatida, ekranda “Karta olish” tugmasini bosing. Shundan so‘ng, kartomatda QR-kod paydo bo‘ladi. AVO ilovasida “To‘lov stikeri tayyor” xabariga bosib, “QR-kodni skanerlash” tugmasini tanlang. Kartomatdagi kodni skaner qiling va AVO Platinum stikerini 30 soniya ichida oling.
    Etibor bering: To‘lov stikerlarini faqat Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 52 (Magnum Gipermarketi, Integro savdo markazi) da olishingiz mumkin.

  4. Stikerni faollashtiring: stikerni olganingizdan keyin paydo bo‘ladigan oynada “Faollashtirish” tugmasini bosing yoki AVO bosh ekranidagi “To‘lov stikeri tayyor” bannerini tanlang. Keyin stikeringizning orqa tarafidagi QR-kodni skanerlash uchun tanlang va 4 xonali PIN-kod o‘ylab toping - to‘lov stikeringiz foydalanishga tayyor bo‘ladi.

*Joriy paroldan foydalanish yoki yangisini o'rtatishingiz mumkin