Nashriyotchi

AVO Platinum kartasini Paynet orqali to'ldirish mumkinmi?

Paynet shahobchalari (Terminal):

  1. Paynet shahobchalarini toping

  2. "Boshqa" bo'limiga o'ting

  3. "Bank kreditlari" bo'limida, jadvaldan "AVO Bank" ni tanlang (kerak bo‘lsa, keyingi sahifaga o‘ting)

  4. Kartaga biriktirilgan raqamingizni 998xx xxxxxxx ko'rinishida kiriting ( + belgisi va bo'shliqlarsiz)

  5. To'lovni tasdiqlovchi SMS keladigan aloqa raqamini (+998xx) xxxxxxx kiriting (bo'shliqlarsiz)

  6. To'lov usulini tanlang: "Naqd" yoki "Karta orqali"

  7. To'lov miqdorini kiriting

  8. "To'lash" tugmasini bosing

*AVO kartasini Paynet shahobchalari orqali to‘ldirish komissiyasi – 1.8%