AVO Platinum kartamda kredit limiti qabul qilingandan so'ng onlayn to'lovlar muzlatildi. Muzlatishni qanday o'chirish mumkin? - AVO
AVO Platinum kartamda kredit limiti qabul qilingandan so'ng onlayn to'lovlar muzlatildi. Muzlatishni qanday o'chirish mumkin?
Kredit limiti qabul qilingandan so‘ng AVO Platinum kartasida onlayn operatsiyalar 48 soatga bloklanadi. Bu mablag‘laringizni mumkin bo‘lgan firibgarliklardan himoya qilish uchun vaqtinchalik xavfsizlik chorasi hisoblanadi.
Blokirovka quyidagi onlayn operatsiyalarga tatbiq etiladi: internet orqali mahsulot va xizmatlar uchun toʻlovlar, AVO jismoniy kartasi/to'lov stiker chiqarilishi, kartalar boʻyicha oʻtkazmalar, shuningdek, AVO Platinum kartasi yordamida amalga oshiriladigan boshqa onlayn-tranzaksiyalar.
Siz hali ham doʻkonlarda xaridlar uchun jismoniy kartadan foydalanishingiz mumkin. Onlayn to‘lovlar va o‘tkazmalar vaqtinchalik mavjud bo‘lmaydi, ammo balansni ko‘rishingiz va ilovaga kirishingiz cheklanmaydi.
Muzlatish avtomatik tarzda 48 soatdan so'ng o'chadi. Agar uni avvalroq o'chirmoqchi bo‘lsangiz, +998 78 888 78 87 raqami orqali qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'laning. Xodimimiz tezkor identifikatsiyadan so‘ng muzlatishni o'chirishga yordam beradi.