Shaxsni tasdiqlaganda kamera yoqilmayapti — nimaga? - AVO
Shaxsni tasdiqlash jarayonida kamera yoqilmasa, AVO ilovasiga kameradan foydalanish huquqi berilganini tekshiring.
Android qurilmalarida:
-
Telefon sozlamalarida «Ilovalar» bo‘limini toping va kiriting.
-
«Ilovalarni boshqarish» tugmasini bosing va ro‘yxatdan AVO ilovasini tanlang.
-
«Ruxsatlar» bo‘limiga o‘ting va «Kamera»ni tanlang.
-
Bu yerda kameradan foydalanishga ruxsat bering.
Turli xil telefon modellarida kamera ruxsatini yoqish tartibi biroz farq qilishi mumkin.
iOS qurilmalarida:
-
Telefon sozlamalariga kiring va qidiruvni oching.
-
Qidiruvda «AVO» ilovasini yozing va tanlang.
-
Kamera tugmasini yoqing, shunda ilova kameradan foydalanishi mumkin bo‘ladi
Qiziqarli bo'lishi mumkin: