AVO bilan shartnomani bekor qilish uchun ariza shakli

Agar siz AVO platinum kartasidan voz kechishga qaror qilgan bo'lsangiz, unda:

  1. Arizani ushbu havoladan yuklab oling: https://docs.avo.uz/application_for_termination_uz.pdf

  2. Bank xizmatlaridan qarzingiz yo'qligiga ishonch hosil qiling.

  3. Arizani to'g'ri to'ldiring.

  4. Arizada boshqa bankdagi hisob raqami rekvizitlarini ko‘rsating (shartnomani bekor qilish jarayonini yakunlash uchun, hatto kartada mablag‘ bo‘lmasa ham, to‘g‘ri karta rekvizitlarini taqdim etish majburiy hisoblanadi).

  5. Skan qilingan arizani yuboring va unga pasport yoki ID-karta nusxasini ilova qiling: [email protected]

Arizangizni yuborganingizdan so'ng, hisobingiz bloklanadi. Shartnomani bekor qilish, bu hisobni to'liq o'chirishni nazarda tutadi va bu jarayon 45 kungacha davom etadi