AVO bankomatida kartadan qanday pul yechib olish mumkin? - AVO
AVO bankomatlarida naqd pulni faqat Mastercard kartalaridan so'mda yechish mumkin.
Pul yechish uchun:
- Kartani sensorga tekkizing yoki bankomatga kiriting.
- PIN-kodni kiriting va «Pul yechib olish» tugmasini bosing.
- Summani kiriting va «Yechib olish» tugmasini bosing.
- Bankomat pullarni va kartangizni chiqarganda ularni 15 soniya ichida oling.
- Tayyor — operatsiya cheki bankomat ekranida ko‘rinadi.
AVO bankomatlarida naqd pul yechish uchun komissiya:
- shaxsiy pullarni yechishda — operatsiya summasidan 1%;
- kredit pullarini yechishda — operatsiya summasidan 8,9% + 29 000 so‘m