Agar siz majburiy to‘lovni kiritmasangiz, bank jarima va penya hisoblashi mumkin. Jarimalar siz kredit limitingiz bo'yicha berilgan shartlarga bog‘liq.

Agar siz kredit limitini 17.04.2025 gacha qabul qilgan bo‘lsangiz:

  1. Jarimalar — faqat kechiktirilgan qarzdorlikning 1-kunida bir marta hisoblanadi:
    • birinchi kechikishda — 50 000 so‘m + majburiy to‘lov summasining 1%;
    • ikkinchi kechikishda — 150 000 so‘m + majburiy to‘lov summasining 2%;
    • uchinchi va keyingi kechikishlarda — 300 000 so‘m + majburiy to‘lov summasining 3%.
  2. Penya — majburiy to‘lov summasidan kuniga 0,3%. Penya birinchi kechikish kunidan boshlab qarzdorlik to‘liq yopilguncha hisoblanadi.

Agar siz kredit limitini 17.04.2025 dan keyin qabul qilgan bo‘lsangiz:

  1. Jarimalar — hisoblanmaydi.
  2. Penya — majburiy to‘lov summasidan kuniga 1%. Penya birinchi kechikish kunidan boshlab qarzdorlik to‘liq yopilguncha hisoblanadi