AVO platinum kartasining kredit limitidan foizsiz foydalanishingiz mumkin. Buning uchun qarzdorligingizni to'liq foizsiz davr ichida qaytaring. Foizsiz davr kredit limitini olgan kundan boshlanadi va 46 kungacha davom etadi.

Foizsiz davr 2 bosqichdan iborat:

  1. Xarajatlar davri — 31 kungacha, bu vaqtda siz pullardan erkin foydalanasiz.
  2. To‘lov davri — 15 kun, bu vaqt qarzdorlikni to'lash uchun beriladi. To'lov davrining 1-kunida yangi xarajatlar davri boshlanadi va o'tgan xarajatlar davri bo'yicha ko'chirma keladi.

Agar umumiy qarzdorligingizni o'z vaqtida yopib borsangiz, foizlar hisoblanmaydi va foizsiz davr amal qilishda davom etadi