Agar sizda AVO platinum virtual kartasi bo‘lsa, va siz plastik kartani ham olishni xohlasangiz — unga ilovada buyurtma bering:

  1. Asosiy bo'limning pastki qismida «Yangi mahsulot ochish» tugmasini bosing.

  2. «Kartaga buyurtma berish» tugmasini bosing va plastik kartasini tanlang.

  3. O'zingizga qulay chiqarish usulini tanlang va buyurtma uchun to'lov qiling.

  4. Asosiy ekranda «Kartani olish» tugmasini bosing.

  5. Sizga yaqin joylashgan kartomatlarni ko'rib chiqing.

  6. Kartomat yaqiniga borib, «Kartani hoziroq olish» tugmasini bosing.

  7. Ekrandagi QR-kodni ilova yordamida skanerlang.

  8. Tayyor, kartadan foydalanishni boshlash uchun uni faollashtiring.

Eslatib o'tamiz, AVO UZCARD kartasi plastik karta ko‘rinishida chiqarilmaydi!