Ko'chirma - bu nima va qayerdan olishim mumkin? - AVO
Ko'chirma— bu mijozga har oyda moliyaviy holatini nazorat qilish va boshqarish uchun taqdim etiladigan hujjatdir.
Ushbu hujjat avtomatik ravishda chiqariladi. Buning uchun mobil ilovada AVO Platinum kartasini bosishingiz kerak, so‘ng tafsilotlarga o‘ting va “Kochirma olish” bo'limini tanlang. Ko'chirma shakillanish sanasi to'lov muddati tugashidan 15 kalendar kun oldin belgilanadi. Agar ushbu sana dam olish yoki bayram kuniga to'g'ri kelsa, hisobotni tuzish sanasi va to'lov muddati keyingi ish kuniga ko'chiriladi.
Misol uchun, agar to'lovning yakuniy muddati oyning 25-kunida belgilangan bo'lsa, to'lovni amalga oshirish uchun tavsiya etilgan sana oyning 22-kuniga to'g'ri keladi va ko'chirma shakillanish sanasi o'sha oyning 10-kuniga to'g'ri keladi. Ko'chirmada asosiy qarzga qo'shimcha ravishda qo'shimcha to'lovlar, obunalar, jarimalar va peniyalar ko'rsatilishi mumkin.