[BOT] Imtiyozli davr bu nima? - AVO
Imtiyozli davr — bu kredit pullaridan foydalanishingiz va bankka foiz to'lamasligingiz mumkin bo'lgan davr. AVO platinum kartasida bu davr 45 kungacha, mikroqarzda esa 30 kungacha davom etadi.
Imtiyozli davr mobaynida siz:
• do'kon va internetda istalgan tovarlarni xarid qilishingiz;
• kommunal, mobil aloqa, internet va boshqa xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin
AVO platinum kredit kartasining imtiyozli davri qanday ishlashini videomiz orqali bilib oling