Mijozlarning shaxsini masofadan turib aniqlash va tekshirish imkonini beradi.
Identifikatsiya va verifikatsiya jarayonining maqsadi:
Identifikatsiya va verifikatsiya jarayonining maqsadi —mijozlarga AVO ilovasining barcha funksiyalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
Ushbu protsedura bank filialida hisob ochishning an'anaviy jarayoni bilan taqqoslanadi va mijozga bank mahsulotlari va xizmatlaridan xavfsiz va qulay foydalanish imkonini beradi. Ular orasida AVO platinum premium kredit kartasi, kredit limiti, referal dasturdan foydalanish va boshqa ko'plab imkoniyatlar mavjud. Ushbu yondashuv nafaqat mijoz uchun qulaylik, balki ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi bo'yicha barcha talablarga rioya qilishni ham ta'minlaydi.
Identifikatsiya va verifikatsiya jarayoni
to'liq onlayn tarzda amalga oshiriladi va mijoz tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqamini kiritish yoki skanerlash;
Tug'ilgan kun sanasini ko’rsatish;
Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, yuz orqali identifikatsiyadan o’tish.
Ushbu jarayon taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqiyligini tekshirish va mijozning shaxsini tasdiqlashni ta'minlaydi, bank xizmatlaridan foydalanish xavfsizligi va ishonchliligini kafolatlaydi.
Verifikatsiyadan oldin ilovada ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo’ladi. Roʻyxatdan oʻtish haqida maʼlumot olish uchun bilimlar bazasidagi maqola bilan tanishib chiqing:
Identifikatsiya va verifikatsiya uchun zarur bo’lgan hujjatlar:
Pasport,O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi yoki haydovchilik guvohnomasi.
Masofaviy identifikatsiya, bu
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yil 30-sentyabrdagi 3322-son qaroriga muvofiq moliyaviy xizmatlardan onlayn foydalanish uchun mijozning shaxsini tekshirishning qonuniy va xavfsiz usuli. Jarayon selfi va hujjatlar rasmini taqdim etish, shuningdek, ma'lumotlarni avtomatik ravishda tekshirishni o'z ichiga oladi.
Roʻyxatdan oʻtish, verifikatsiya va AVO ilovasidan foydalanish uchun texnik talablar:
operatsion tizimning so'nggi versiyasiga ega Android yoki iOS smartfoni;
qurilmadagi kamera;
barqaror internet aloqasi.
Shuni bilish muhimki, O'zbekiston Respublikasi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan verifikatsiyadan o’tib bo’lmaydi.
Verifikatsiyadan muvaffaqiyatli o’tganlik natijasi:
Mijoz AVO ilovasining barcha funksiyalaridan, shu jumladan, kredit kartalarini rasmiylashtirish, hisobraqam, depozitlarni ochish va sodiqlik dasturidan to’liq foydalana olish imkoniga ega bo’ladi.