AVOda ro'yxatdan o'tish bo'yicha ko'rsatma

Asosiy ma'lumot

Mijozlarga maksimal darajada qulaylik yaratish uchun AVO ilovasida roʻyxatdan oʻtish jarayoni optimallashtirilgan bo’lib, taxminan 5 daqiqa vaqtni oladi. Ammo shuni hisobga olish kerakki, ro'yxatdan o'tish vaqti internetga ulanish parametrlari va foydalanuvchi ma'lumotlarini to’g’ri kiritishiga qarab farq qilishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish talablari: 

  • +998 (RUz) kodli mobil telefon raqami

  • Internetga ulanish

  • Android (minimum 100 MB bo'sh joy talab etiladi) yoki iOS smartfoni (minimum 200 MB bo'sh joy talab etiladi)

Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o’tganlar uchun mavjud funktsiyalar

Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng, foydalanuvchilar, shu jumladan, chet el fuqarolari AVO ilovasining asosiy funktsiyalaridan foydalana olishlari mumkin, masalan:

  • Har qanday bank tomonidan chiqarilgan UzCARD va HUMO kartalarini biriktirish.
  • Biriktirilgan kartalar yordamida xizmatlar uchun to'lovlarni ilovada amalga oshirish.
  • Ilovada biriktirilgan kartalardan Humo yoki Uzcard kartalariga pul o’tkazish.

Imkoniyatlarni kengaytirish va mobil ilova xizmatlaridan to'liq foydalanish uchun identifikatsiya va verifikatsiya jarayonidan o'tish kerak bo’ladi. Ushbu jarayon pasport, ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi kabi hujjatlarni taqdim etishni o‘z ichiga oladi. 

Ilova xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun mijozlarimiz O‘zbekiston Respublikasi pasporti, ID kartasi yoki haydovchilik guvohnomasi kabi hujjatlarni taqdim etish orqali identifikatsiya va verifikatsiya o‘tishlari kerak. Identifikatsiya va verifikatsiya jarayoni bilan tanishish uchun siz ushbu havola orqali o'tishingiz mumkin, unda batafsil maqola va bosqichma-bosqich ko'rsatmalar taqdim etilgan.