Ilovada kredit limiti summasini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu qanday ishlaydi:

  1. Bosh sahifada «Mahsulotlar» bo‘limiga o‘ting.

  2. «Kredit limiti»ni tanlang.

  3. «Kredit limitini boshqarish» tugmasini bosing.

  4. So‘ng «Kredit limiti summasini oshirish» yoki «Kredit limiti summasini kamaytirish» tugmasini tanlang.

  5. Arizangiz qabul qilingani haqida xabar paydo bo‘ladi va sizga aloqaga chiqishadi.

  6. Tayyor.

Ariza faqat kredit limitini kamaytirish uchun yetarli mavjud limit bo‘lganda yoki faol muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasa topshirilishi mumkin.