Mikroqarz bo'yicha qarzdorlikni qanday to'lash mumkin? - AVO
Qarzdorlikni to'lash uchun boshqa kartangizni AVO ilovasiga qo'shib, shu kartadan to'lov qilishingiz mumkin. Boshqa kartani ilovaga qanday qo'shishni bu yerda aytib berdik.
Karta qo‘shilgandan keyin:
- AVO ilovasida «Mahsulotlar» tugmasini bosing.
- «Kreditlar» bo‘limini tanlang va AVO mikroqarzni oching.
- «To'lash» tugmasini bosing va to'lov summasini tanlang:
• keyingi to'lov — bu sizning oylik to'lovingiz;
• qarzni to'liq yopish — mikroqarzni yopish uchun summa;
• boshqa summa — bu yerda har qanday summani kiritishingiz mumkin. - Yana bir marta «To'lash» tugmasini bosing — tayyor, to'lovingiz amalga oshirildi.
Agar oylik to'lovdan ko'proq to'lov qilsangiz, qolgan to'lovlar qayta hisoblanmaydi — ortiqcha pullar keyingi to'lovni qoplashga ketadi