Omonatni qanday to'ldirish kerak? - AVO
Omonatni ilovada istalgan faol karta orqali to‘ldirish mumkin:
- Shaxsiy mablag‘lar bilan to‘ldirish — komissiyasiz.
- Kredit mablag‘lari bilan AVO Platinum karta orqali to‘ldirish — 29 000 so‘m + 2,9% komissiya bilan.
Omonatni naqd pul bilan qanday to‘ldirish mumkin:
AVO bankomatlari orqali.
Komissiyasiz to‘ldirish imkoniyatlari:
-
AVO Platinum plastik kartasi.
- AVO Platinum virtual kartasi.
Paynet bankomatlari orqali to‘ldirish faqat komissiya bilan amalga oshiriladi. Komissiya Paynet tomonidan ushlab qolinadi.
- Bankomatlarda «Kreditlarni to‘lash» bo‘limiga o‘ting va «AVO» ni tanlang.
Omonatni to‘ldirish uchun:
-
AVO ilovasida «Mahsulotlar» tugmasini bosing.
-
«Omonat» bo'limiga kirib, to'ldirmoqchi bo'lgan omonatning ustiga bosing.
-
«To‘ldirish» tugmasini bosing.
-
Pullarni qayerdan o'tkazishingizni va to'ldirmoqchi bo'lgan summani yozing.
-
«O‘tkazish» tugmasini bosing.
Minimal to‘ldirish summasi — 1 000 so‘m.
Foizlar omonat to‘ldirilgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi.
Agar omonat ochilgandan keyin 30 kun ichida to‘ldirilmasa, u avtomatik tarzda yopiladi