Birinchi xarid uchun 100% keshbekni qanday olish mumkin?

Birinchi xarid uchun 100% keshbekni faqat bir marta olish mumkin.

  • Xarid faqat kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Agar xaridning bir qismi o‘z mablag‘laringizdan to‘langan bo‘lsa, keshbek berilmaydi.

  • Xarid summasi 2000 so‘mdan yuqori bo‘lishi lozim (agar kamroq bo'lsa, xarid birinchi xarid sifatida hisoblanmaydi).

  • Maksimal keshbek miqdori: 100.000 bonusgacha.

  • Agar siz ilgari kredit limitidan foydalangan holda xaridlar qilgan bo‘lsangiz, keyingi xaridlar uchun faqat 1% miqdorida keshbek taqdim etiladi.

  • Keshbek quyidagilar uchun taqdim etiladi: internet-do‘konlardagi tovar yoki xizmat, obuna - To‘lov stikeri yoki AVO platinum kartalari yordamida to‘langan bo‘lsa.

  • Keshbek quyidagilar uchun taqdim etilmaydi: Imtiyozli bo‘lmagan operatsiyalar, naqd pul yechish, pul o‘tkazmalari, bank komissiyalarining to‘lovi, ilovaning “To‘lovlar” bo‘limidagi operatsiyalar (aloqa xizmatlari, davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar to’lovi va boshqalar).

Misol: 15-aprel kuni sizga kredit limiti taqdim etildi. 17 va 18-aprel kunlari ushbu kredit mablag‘laridan foydalandingiz - pul o‘tkazmasini, naqd pul yechib olishni amalga oshirdingiz va kommunal xizmatlari uchun to'lov bajardingiz. 20-aprel kuni esa birinchi marta xarid qildingiz. Bu sizning birinchi xaridingiz bo‘lganligi sababli, ushbu xarid uchun 100% keshbek olasiz.