Do'stim uchun 25 000 bonusni qanday olishim mumkin? - AVO
25 000 bonus olish uchun do‘stlaringiz taklifni olgan kundan boshlab 14 kun ichida sizning havolangiz orqali AVO ilovasida ro‘yxatdan o‘tishi, AVO platinum digital kartasini rasmiylashtirishi va kredit mablag'laridan xarajat amaliyotini amalga oshirishi kerak — bu xarid, pul o‘tkazmasi, naqd pul yechish yoki AVO platinum to‘lov stikeri yoki plastik kartasi (59 000 so‘m) chiqarilishi bo‘lishi mumkin.
Taklifni quyidagicha yuborish mumkin:
-
AVO ilovasini oching
-
"Bonuslar" bo‘limiga o‘ting
-
"Taklif qilish" tugmasini bosing
-
Taklif yuboriladigan do'stlaringizni tanlang
-
"Taklif qilish" tugmasini bosing
-
Tayyor! Taklif yuborilgan kontaktlarga SMS orqali ilovani yuklab olish havolasi yuboriladi.
-
Taklif olingan kundan boshlab 3 kun ichida ro‘yxatdan va verifikatsiyadan o‘tish zarur, aks holda taklif kuyadi. Ishtirokchiga taklifni qayta yuborish mumkin.
-
Bir oyda 10 tagacha do‘stni taklif qilish mumkin, lekin 25 000 bonus faqat bittasidan olinadi.
-
Xarajat operatsiyasi summasi 2 000 so‘mdan yuqori bo‘lishi lozim.
-
Taklif qilingan do‘stlar uchun bonuslarni oyiga bir marta olish mumkin. Agar iyun oyida siz taklif qilgan do‘stingiz uchun 25000 bonus olgan bo‘lsangiz, do‘stingizni taklif qilganingiz evaziga 25000 bonus olish uchun keyingi oyni kutishingiz kerak bo‘ladi. Ya’ni, iyul oyini.