Bepul chiqariladigan Plastik karta - bu?

Bepul chiqariladigan Plastik karta - bu jismoniy kartani chiqarish narxini to'liq to'lamasdan olish imkoniyati

Bepul chiqariladigan Plastik karta:

Chiqarish: bepul

Plastik kartaga xizmat ko‘rsatish: oyiga 4 990 so‘m (Komissiya har bir Xarajat davri uchun har oyda Ko‘chirma sanasida hisoblanadi, Plastik karta faollashtirilgan Xarajat davri bundan mustasno)

Yopish: 59 000 so'm (Mijoz Arizasiga muvofiq Plastik kartadan foydalangan holda Operatsiyalarning to‘liq Bloklanishi)

Hisob xizmat ko‘rsatish:

  • Operatsiya summasi 180.000 so‘mgacha bo‘lganda: bepul

  • Operatsiya summasi 180.000 so‘mdan ortiq bo‘lganda: oyiga 18.000 so‘m

Agar hisobot davrida AVO hisobi bo'yicha xarajatlar 180.000 so'mdan va undan yuqori bo'lsa, hisob xizmat haqi uchun 18,000 so'm olinadi. Ushbu summa ko'chirma sanasida oyiga bir marta to'lanadi.

*Plastik kartaga xizmat ko‘rsatish - bu kartani o'zini ishlatish uchun to'lov, shu jumladan uni chiqarish, ishni qo'llab-quvvatlash (masalan, SMS-xabarnomalar, bankomatlarda foydalanish va boshqasi).

*Hisobga xizmat ko‘rsatish bu karta bog'langan bank hisobini yuritish uchun to'lov. Hisob kartasiz alohida mavjud bo'lishi mumkin, ammo bizning holatlarimizda AVO platinum virtual kartasi (shuningdek, agar mavjud bo'lsa - AVO platinum jismoniy kartasi va/yoki AVO to'lov stikeri) hisob bilan bog'langan.

*Agar sizda bepul chiqarilgan AVO platinum plastik kartasi bo'lsa va hisob xarajatlari 180.000 so'mdan oshsa, hisob raqamiga xizmat ko'rsatish uchun 18.000 so'm komissiya ham olinadi.