Men AVO Platinum toʻlov stikerimni yoʻqotdim - nima qilishim kerak?

Agar siz AVO Platinum toʻlov stikerini yoʻqotgan boʻlsangiz, darhol uni bloklashingiz kerak. Buni mobil ilova orqali yoki qo'llab-quvvatlash markaziga qo'ng'iroq qilib amalga oshirishingiz mumkin.

Stikerni ilovada bloklash uchun AVO asosiy bo'limiga o'ting, "Mening kartalarim" bo'limida, AVO Platinum to'lov stikerini tanlang va ekranning pastki qismidagi "Stikerni bloklash" tugmasini bosing.

Shuningdek, +998 78 888 78 87 raqamiga qo'ng'iroq qilib, qo'llab-quvvatlash markazi orqali ham bloklashingiz mumkin.