Imtiyozli bo'lmagan operatsiyalar - nima?

Imtiyozli bo'lmagan operatsiyalar - bu karta orqali amalga oshiriladigan va ularga imtiyozli davr tatbiq etilmaydigan tranzaksiyalardir. Bunday operatsiyalar miqdori bo'yicha foizlar, amalga oshirilgan paytdan boshlab darhol hisoblana boshlaydi va foizsiz shartlar tatbiq etilmaydi. Kredit karta bo'yicha imtiyozli davr quyidagi operatsiyalar uchun amal qilmaydi:

  • Pul o'tkazmalari (МСС 4829, 6531, 6532, 6533, 6534, 6535, 6536, 6537, 6538, 9400)

  • Kassada, avtomatik qurilmalarda naqd pul olish, masalan, bankomatlarda (МСС 6010, 6011)

  • Moliyaviy tashkilotlar xizmatlari uchun to‘lov, shu jumladan moliyaviy vositalarni sotib olish (МСС 6211, 6012, 6540, 6050, 6051, 6009, 6211)

  • Kazino va qimor o‘yinlari. (МСС 7995,9754)

  • Lombard (МСС 5933)