Kredit limitni qanday olish mumkin?

Mijoz muvaffaqiyatli autentifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, unga AVO Platinum Digital va UzCard Digital kartalari darhol taqdim etiladi. Ilovada "Limitingiz hisoblanmoqda" baneri va tavsiya paydo bo‘ladi: "Shuningdek, biz sizning kredit limitingizni hisoblayapmiz. Limitning tasdiqlanish imkoniyatini oshirish uchun boshqa bank kartangizni biriktiring."

Agar tizim mijozning to‘lov qobiliyati haqida yetarli ma'lumot ololmasa, ilova yana bir boshqa bank kartasini biriktirishini tavsiya qiladi.

*Kredit limiti oylik daromad va kredit tarixidan kelib chiqgan holda hisoblanadi.

*Kartani biriktirishni va/yoki ilovadan faol foydalanishni tavsiya qilamiz (AVO ilovasida mavjud xizmatlar uchun to‘lovlarni, o‘tkazmalarni amalga oshiring va ilovada faol bo'ling).