Kredit limitini qabul qilingandan so'ng limit bloklandi — uni blokdan qanday yechishim mumkin? - AVO
Kredit limitini blokdan chiqarish uchun uni qabul qilganingizdan keyin 48 soat ichida bizga qo‘ng‘iroq qiling: +998 (78) 888‑78‑87. Xodimimiz shaxsingizni tasdiqlagandan so‘ng kredit limitini blokdan chiqaradi. Bundan so'ng kredit limitidan cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin. Agar 48 soat ichida limitni blokdan chiqarmasangiz, limit bekor qilinadi.
Bu sizning mablag‘laringizni firibgarlikdan himoya qilish uchun qo‘llaniladigan xavfsizlik chorasi — kredit limitini qabul qilganingizdan so‘ng mablag‘lar darhol kartangizga tushadi, lekin ulardan foydalanish uchun blokdan chiqarish kerak.
Bloklanadigan operatsiyalar:
-
karta orqali onlayn operatsiyalar, masalan: internetdagi xizmatlar uchun to‘lov;
-
karta orqali o‘tkazmalar.
Mavjud bo'ladigan operatsiyalar:
-
plastik karta bilan do‘konlarda xarid qilish;
-
AVO ilovasidagi «O‘tkazmalar» bo‘limida xizmatlar uchun to‘lov, «Uyali aloqa», «Xorijiy xizmatlar» va «Xizmatlar» uchun to'lovlardan tashqari