Orqaga

"AVO kartomaniya" aksiyasi

"AVO Kartomaniya" nima?

"AVO Kartomaniya" — bu AVO banki tomonidan tashkil etilgan tanlov bo‘lib, unda ishtirokchilar AVO platinum plastik kartasini bankning qurilmalaridan birida rasmiylashtirib va faollashtirib iPhone 15, PlayStation 5 va Dyson styler kabi qimmatbaho sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Aksiya 2024-yil 4-sentyabrda boshlanib, 2024-yil 4-oktyabrda yakunlanadi. 

Faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin, ular aksiya davrida AVO mobil ilovasi orqali AVO platinum plastik kartasini buyurtma qilib, faollashtirgan bo‘lishlari kerak. O‘ferta bilan avo.uz saytining hujjatlar bo‘limida tanishib o'tishingiz mumkin.

Aksiyada ishtirok etish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  1. AVO ilovasini yuklab olish yoki unga kirish

  2. Ilova ekranida aksiyada ishtirok etishga rozilik berish

  3. Plastik kartani buyurtma qilish

  4. Kartani AVO kartomatidan yoki pochtomatlardan olish

  5. Kartani orqa tomonidagi QR-kod orqali faollashtirish  

Agar karta aksiya boshlanishidan oldin buyurtma qilingan va faollashtirilgan bo‘lsa, men aksiyada ishtirokchimanmi?

Yo‘q, karta aksiya davrida faollashtirilgan bo‘lishi kerak.

Agar kartani bir necha marta qayta chiqarish mumkin bo‘lsa, imkoniyatlar oshadimi?

Yo‘q, kartani faqat 1 marta chiqarish yoki qayta chiqarish mumkin.

Qanday qilib aksiyada ishtirok etayotganimni bilsam bo‘ladi?

Barcha shartlarni bajarganingizdan so‘ng, siz muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligingiz haqida SMS olasiz.

Agar siz aksiyada ro‘yxatdan o‘tganingiz haqida SMS olmagan bo‘lsangiz, lekin barcha shartlar bajarilgan bo‘lsa, Call-markazga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Agar men oldin plastik karta olgan bo'lsam, aksiyada ishtirok etamanmi?

Yo‘q, ammo siz yangi kartani qayta chiqarib, faollashtirsangiz, uni faollashtirgan haftangizdagi ishtirokchilar ro‘yxatiga kirasiz

Agar men kartani aksiya birinchi haftasida chiqargan bo‘lsam, barcha to‘rt haftalik o'yinlarda ishtirok etamanmi?

Siz kartani faollashtirgan haftadagi ishtirokchilar bazasiga kiritilasiz. Siz faqat o‘sha haftada yutib olishingiz mumkin.

Jonli efirni qayerda ko‘rish mumkin?

Har hafta juma kuni soat 19:00 da AVO Telegram kanalida:https://t.me/avouzbank jonli efirlar o‘tkaziladi. U yerda sovrinlar o'yini o‘tkazilib, g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida e’lon qilinadi.

Har bir sovrin uchun g‘olib tanlanadi, shuningdek, 2 ta zaxira g‘olib aniqlanadi (agar asosiy g‘olib bilan bog'lana olmagan bo‘lsak, bank xodimi yoki bank xodimining yaqin qarindoshi bo'lsa yoki tanlov shartlarini buzgan bo‘lsa). G‘oliblar bilan post har haftaning dushanba-seshanba kunlari AVO ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

Agar mijoz g‘olib bo‘lsa, ular bilan bog‘lanadilarmi?

Ha, tafsilotlarni aniqlashtirish uchun bank vakili g‘olib bilan bog‘lanadi.

Diskleymer:

* Bank xodimlari va ularning qarindoshlari o'yinda ishtirok etishi taqiqlangan.

* Ishtirok deb AVO ilovasida kartaning orqa tomonidagi QR-kod orqali faollashtirilishi hisoblanadi.

* Grand-o'yinda aksiya davomida plastik kartani chiqarib va faollashtirgan barcha mijozlar ishtirok etadi, 1, 2 va 3-hafta g‘oliblaridan tashqari.

* Faollashtirish deb AVO ilovasida kartaning orqa tomonidagi QR-kodni skanerlash tushuniladi.

Qiziqarli bo'lishi mumkin: