AVO platinum virtual kartasini qanday olishim mumkin?

Avo Platinum virtual kartasi darhol chiqariladi. Agar autentifikatsiya ilgari o'tkazilgan bo'lsa, karta allaqachon ilovada mavjud.

Agar autentifikatsiya tugallanmagan bo'lsa:

  1. Asosiy ekranda "Shaxsni tasdiqlash" bo'limida "Tasdiqlash" tugmasini bosing.

  2. Tariflar va shartlar bilan tanishib chiqing va "Karta olish" tugmasini bosing.

  3. Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.

  • Jarayon davomida pasport/ID-karta yoki PINFL kerak bo‘ladi.

  • Muvaffaqiyatli tasdiqlashdan so'ng, sizga AVO Platinum va AVO UzCard Digital kartalari darhol foydalanishga faol bo'ladi.