Plastik kartani kartomatdan qanday olaman? - AVO
Kartani olish uchun:
- O'zingizga yaqin kartomatni toping.
- Kartomat ekranida «Kartani hoziroq olish» tugmasini bosing — QR-kod paydo bo‘ladi.
- AVO ilovasiga kirib «Kartani olish» tugmasini, so'ng «QR-kodni skanerlash» tugmasini bosing.
- Kamera ochilganda uni kartomat ekranidagi QR-kodga qarating — tayyor, kartani 30 soniya ichida oling.
Kartadan foydalanishni boshlash uchun uni faollashtiring:
- AVO ilovasida «Kartani faollashtirish» tugmasini bosing.
- Kamera ochilganda uni kartaning orqa tomonidagi QR-kodga qarating.
- Kartangiz uchun PIN-kod o‘ylab toping va uni ikki marta kiriting — tayyor, endi kartadan foydalanishingiz mumkin