Nashriyotchi

AVO ayfon marafon — bu yutuqli o'yin, sizning 100 000 so'mlik yoki undan ko'proq bo'lgan har bir xaridingiz, pul o‘tkazmangiz va to‘lovingiz sizga g‘olib bo‘lish imkoniyatini beradi. Qancha faol bo'lsangiz — g'oliblar ro'yxatiga qo'shilish imkoniyatingiz shuncha yuqori bo'ladi.

Aksiya qachon o‘tkaziladi va qancha yutuqli o‘yin bo‘ladi?
Aksiya 2025-yil 10-noyabrdan 28-dekabrgacha davom etadi. 
Bu vaqt ichida 6 ta haftalik o‘yin va 30-dekabrda grand-final bo‘lib o‘tadi. Grand-finalda esa butun davr davomida to‘plangan barcha imkoniyatlar hisobga olinadi, ya'ni sovrinlarni bir necha marta yutishigiz mumkin.

Qanday ishtirok etish mumkin?
O‘yinda ishtirok etish uchun kredit limitini qabul qiling va uni blokdan chiqaring. 
Agar kredit limitingiz bo'lsa kamida 100 000 so'mlik operatsiyalar uchun sizga 1 tadan yutish imkoniyati beriladi.

Siz quyidagi operatsiyalar uchun imkoniyat olishingiz mumkin:

  • har qanday xaridlar uchun to‘lov;
  • ilovamizdagi pul o‘tkazmalari yoki xizmatlar uchun to‘lovlar;
  • bankomatdan naqd pul olish.

Masalan, do‘stingizga 250 000 so‘m o‘tkazsangiz — sizga 1 imkoniyat beriladi.

Faqatgina o'zingizning AVO kartangizdan boshqa AVO kartangizga pul o‘tkazsangiz yoki omonatni to‘ldirsangiz sizga imkoniyat berilmaydi.

Qanday sovrinlarni yutish mumkin?
Sovrinlar soni 34 ta:

  • oltita iPhone 17 — har haftalik yutuqli o‘yinda bittadan o'ynaladi;
  • uchta iPhone 17 Pro Max — grand-finaldagi sovrin;
  • HUMOFEST uchun chiptalar — 4 juft;
  • AVO brendidan 21 to‘plam — shopper, futbolka, bo‘yin yostig‘i va poverbank.


O‘yinlar qanday o‘tkaziladi?
Har hafta barcha operatsiyalarni yig‘ib, yaqinlashib kelayotgan payshanba kuni Telegram kanalimizda jonli efir o'tkazamiz. G'oliblarni random.org orqali tasodifiy tarzda aniqlaymiz. Shundan keyin ular orasida bank xodimlari yoki ularning qarindoshlari yo'qligini tekshiramiz. 
Natijalarni blogimizda va ijtimoiy tarmoqlarimizda e'lon qilamiz.

Qancha imkoniyatingiz borligini qanday bilish mumkin?
Biz ilovangizga imkoniyatlaringiz ko'paygani va ularning sonini bilib olishingiz uchun push-xabarlar yuboramiz. Ularni kuzatib boring va baxtli kuningizni o'tkazib yubormang!