AVO platinum bo'yicha qarzdorlikni qanday to'lash mumkin? - AVO
Kredit limiti bo'yicha qarzdorlikni to'lash uchun AVO platinum kartasini to'ldiring — qarzdorlik avtomatik tarzda to'lanadi.
Siz HUMO va UZCARD kartalaridan AVO platinum kartasiga o'tkazma qilib, uni to‘ldirishingiz mumkin:
- kartangizni ilovamizga qo'shing va «O‘tkazmalar» bo‘limida AVO platinum kartasiga pul o‘tkazing;
- agar sizda AVO UZCARD kartasi bo‘lsa, bu kartaga boshqa bank ilovasidan pul o'tkazing, keyin esa bizning ilovamizda AVO UZCARD kartasidan AVO platinum kartasiga pul o‘tkazing.
AVO ilovasida kartadan kartaga qanday pul o‘tkazishni bu yerda aytib berdik.
Agar kartani naqd pul bilan to'ldirmoqchi bo‘lsangiz, uni AVO bankomati orqali to‘ldirishingiz mumkin. Buning uchun plastik karta bo'lishi shart emas — telefon raqamingizni yoki AVO platinum kartangizni raqamini bilsangiz yetarli.
Virtual kartani bankomat orqali qanday to‘ldirish haqida bu yerda aytib berdik.
Agar bu usullar sizga mos kelmasa, qolgan usullarni biz boshqa maqolada jamladik
Qiziqarli bo‘lishi mumkin: