Men boshqa davlatga ketsam, boshqa odam mening AVO platinum kartam bo'yicha qarzdorlik summasini qanday bilib olishi va to‘lov qilishi mumkin? - AVO
Men boshqa davlatga ketsam, boshqa odam mening AVO platinum kartam bo'yicha qarzdorlik summasini qanday bilib olishi va to‘lov qilishi mumkin?
Agar qarzdorligingizni boshqa odam to‘lashini xohlasangiz: qarzdorlik summasini faqat siz ko‘rishingiz mumkin. Biz bu ma’lumotni mijozning o‘zidan boshqa hech kimga bermaymiz — bu bank siri.
AVO ilovasi chet elda ham ishlaydi. Shuning uchun siz istalgan vaqtda qarzdorlik summasini ko‘rib, tanishingizdan kartani shu summaga to‘ldirishni so‘rashingiz mumkin.
Kartani har qanday odam quyidagi usullar bilan to‘ldirishi mumkin:
- AVO ilovasida sizning telefon raqamingiz orqali;
- AVO ilovasida kartangiz raqami orqali;
- AVO bankomati orqali naqd pul bilan;
- boshqa ilovalarda AVO rekvizitlari orqali.
Har bir to‘lovdan keyin pul tushganini AVO ilovasida tekshirishingiz mumkin. Buni qanday qilishni bu yerda aytib berdik