Nashriyotchi

AVO secret bag - nima?

AVO secret bag - bu AVO banki tomonidan tashkil etilgan tanlov bo‘lib, ishtirokchilar Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalarga obuna bo‘lish orqali turli sovrinlarni yutib olishlari mumkin. Sovrinlar orasida Fujifilm Instax Mini 12 fotoapparati yoki Xiaomi Redmi Watch 4 Silver Gray aqlli soati mavjud. Tanlov 2024-yilning 10-dekabrdan 2025-yilning 10-yanvarigacha davom etadi. G‘oliblarni aniqlash 10-yanvar kuni 19:00 da Instagramda, 19:30 da Telegramda jonli efirda o‘tkaziladi.

Instagramdagi tanlov shartlari:

  1. Instagram sahifasiga obuna bo‘lish.

  2. Tanlov posti ostida izohlarda 2 ta do‘stingizni belgilash.

*tanlovda ishtirok etish davrida profil ochiq bo‘lishi kerak.

Telegramdagi tanlov shartlari:

  1. https://t.me/avouzbank kanaliga obuna bo‘lish.

  2. Botga avtorizatsiyadan o‘tib, «Ishtirok etish» tugmasini bosish (ro‘yxatga olish havolasi e’lon postida beriladi).