Nashriyotchi

AVO secret bag tanlovida ishtirok etish shartlari:

AVO secret bag - bu AVO banki tomonidan tashkil etilgan tanlov bo‘lib, ishtirokchilar Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalarga obuna bo‘lish orqali turli sovrinlarni yutib olishlari mumkin. Sovrinlar orasida Fujifilm Instax Mini 12 fotoapparati yoki Xiaomi Redmi Watch 4 Silver Gray aqlli soati mavjud.

Sovrinlar topshirilishi:

  • Bizning xodimlar g‘oliblar bilan bog‘lanib, ularning qaysi shaharda ekanliklarini aniqlaydilar. Sovrinlar AVO maslahatchilari bor savdo nuqtalarida topshiriladi.

Tanlov qancha davom etadi?

  • Tanlov 2024-yil 10-dekabrdan 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi. G‘oliblarni aniqlash 10-yanvar kuni jonli efirda o‘tkaziladi: Instagramda soat 19:00 da, Telegramda soat 19:30 da

Kimlar tanlovda qatnasha oladi?

  • Instagram/Telegram sahifalariga obuna bo‘lgan va tanlov shartlarini (oferitani) bajargan ishtirokchilar.

G‘oliblarni qanday aniqlashadi?

  • Instagram: lisaonair xizmati yordamida aksiyada qatnashgan ishtirokchilarning ro‘yxati chiqariladi. Jonli efirda 10 ta asosiy va 5 ta zaxira g‘olib aniqlanadi.

  • Telegram: bot yordamida jonli efirda 10 ta asosiy va 5 ta zaxira g‘olib aniqlanadi.

Bank xodimlari tanlovda qatnasha oladimi?

  • Yo‘q. Bank xodimlari va ularning qarindoshlari tanlovda qatnashishlari taqiqlanadi.

Qanday sovrinlar bor?

Tanlov natijalarini qayerdan bilib olish mumkin?

  • Barcha ma’lumotlar Instagram va Telegramdagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.

Aktsiya haqida batafsil ma’lumot qayerda?

  • Barcha ma’lumotlar AVO rasmiy sahifalarida va jamoatchilik ofertasi orqali mavjud.

Sovrinlar qanday topshiriladi?

  • Oldindan kelishilgan sana va vaqtda g‘olib AVO maslahatchilari kutib oladigan savdo nuqtasiga tashrif buyurishi kerak. Sovrinni olishdan oldin kerakli hujjatlar imzolanadi va maslahatchi hujjatlarni (pasport va PINFL) tekshiradi. Sovrin topshirilgach, g‘oliblar suratga tushib, ushbu rasmlar Bank sahifalarida joylashtiriladi.

Muhim bilish kerak:

*Agar siz g‘olib bo‘lsangiz, sovrinni olish sharti sifatida sovrin bilan tushgan suratni Bank sahifalarida joylashtirish talab qilinadi. Agar g‘olib suratga tushishga rozi bo'lmasa, Bank sovrinni topshirishni rad etishga haqli. Bunday holatda sovrin jonli efirda aniqlangan zaxira g‘olibga o‘tadi.

*Jonli efirda zaxira g‘oliblar aniqlanadi. Bu, agar asosiy g‘olib bank xodimi bo‘lsa, sovrindan voz kechsa yoki ofertada belgilangan qoidalarni buzsa, sovrinni zaxira g‘olibga topshirish imkonini beradi.

*Agar g‘olib bank xodimi bo‘lsa, ofertaga muvofiq, Bank sovrinni topshirishni rad etishga haqli.

*Agar tanlovda qatnashish qoidalariga rioya qilinmasa, Bank sovrinni topshirishni rad etishi mumkin.

*Agar asosiy g‘olib sovrindan voz kechsa, sovrin zaxira g‘olibga o‘tadi.