Nashriyotchi

MyGov/IIV tizimida yashash manzilini qanday yangilash mumkin?

Agar tasdiqlash jarayonida yashash joyi ko'rsatilmaganligi haqida xatolik yuzaga kelsa, ma'lumotlarni my.gov.uz orqali yangilashni tavsiya qilamiz:

  1. my.gov.uz saytiga o'ting.

  2. OneID yordamida saytga kirishingizni amalga oshiring.

  3. Saytda "Fuqarolik" bo'limiga o'ting

  4. "Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish" xizmatini tanlang.

  5. "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.

  6. Chiqqan jadvalda o‘z ma’lumotlaringizni toping va tahrirlash tugmasini bosing.

  7. Tegishli maydonlarga aktual ma'lumotlaringizni kiriting va "Saqlash" tugmasini bosing.

  8. "Yuborish" tugmasini bosing.

  9. Tayyor! O'zgartirilgan ma'lumotlaringizni ko'rib chiqishingiz mumkin.