Nashriyotchi

AVO platinum kartasini Paynet infokiosklari orqali qanday to'ldirish mumkin?

Paynet orqali AVO platinum kartasini to'ldirish uchun:

  1. Paynet infokioskini toping va «Boshqa» bo'limiga o'ting.

  2. «Bank kreditlari» bo'limida, ro'yxatdan «AVO Bank» ni tanlang, topa olmasangiz — keyingi sahifada qidirib ko'ring.

  3. Kartaga biriktirilgan raqamingizni «+» belgisiz va bo'shliqlarsiz, 99800 0000000 ko'rinishida kiriting.

  4. To'lovni tasdiqlash uchun SMS keladigan raqamni bo'shliqlarsiz, (+99800) 0000000 ko'rinishida kiriting.

  5. To'lov usulini tanlang:
    • naqd;
    • karta orqali.

  6. To'lov summasini kiriting.

  7. «To'lash» tugmasini bosing.

AVO kartasini Paynet infokiosklari orqali to‘ldirish uchun komissiya — 1.8%