Nashriyotchi

Kredit shartlari

Dastlabki 4 yil davomida siz mablag‘lardan foydalanishingiz, qarzni to‘lashingiz va yana foydalanishingiz mumkin. 5-yil esa faqat qarzni teng qismlarda to‘lab borish kerak bo‘ladi: Bepul

Kredit limiti - AVO tomonidan individual qaror asosida belgilanadi: 50 000 000 so'mgacha

Kredit muddati - 4 yil davomida kredit limiti bo‘yicha qarz to‘liq qoplangandan so‘ng, AVO yoki mijoz tomonidan rad javobi bo‘lmasa, yangi kredit shartnomasini tuzish mumkin: 5 yil

Kredit limitining o‘zgarishi: Bepul

  • Imtiyozli davr - Foizsiz xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin, agar imtiyozli operatsiyalar bo‘yicha qarz to‘lov muddati davomida qoplanadigan bo‘lsa: 45 kungacha.
  • Imtiyozli davr - Agar imtiyozli operatsiyalar bo‘yicha qarz to‘lov muddati davomida qoplanadigan bo‘lsa, xaridlar uchun foizlar hisoblanmaydi: 30 kungacha.

To‘lov davri - Imtiyozli operatsiyalar bo‘yicha foizlarning hisoblanishini oldini olish uchun majburiy to‘lov yoki qarzning to‘liq summasini to‘lash kerak. To‘lov davri hisob-faktura chiqarilgan kundan boshlanadi: 15 kun

Majburiy oylik to‘lov kuni - Bank tomonidan belgilanadi va ko'chirma tuzilgan sanadan keyingi 15-ish kuniga to‘g‘ri keladi.

Minimal majburiy oylik to‘lov miqdori - Kredit bo‘yicha minimal oylik to‘lov tarif asosida hisoblanadi, u qarz miqdoridan oshmaydi va oylik hisob-fakturada ko‘rsatiladi. Bunda u to‘lanmagan komissiyalar, jarimalar va peniyalar hisobidan oshirilishi mumkin: Kredit limit miqdoridan 7%

Kreditdan foydalanish uchun komissiya:

  • Karta bo‘yicha xaridlar - Agar barcha qarz to‘lov davri ichida qoplangan bo‘lsa, foizlar hisoblanmaydi: Yillik 0%.
  • Karta bo‘yicha xaridlar - Agar qarz to‘liq qoplanmagan bo‘lsa, foizlar har kuni kredit bo‘yicha qarz qoldig‘iga hisoblanadi: Yillik 47,9%.

Naqd pul yechish, o‘tkazmalar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar - Har kuni kredit bo‘yicha qarz qoldig‘iga foizlar hisoblanadi: Yillik 47,9%

Oylik majburiy to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamaslik uchun jarimalar va peniyalar:

  • Birinchi kechiktirilgan Majburiy to‘lov uchun jarima: 50 000 so‘m + kechiktirilgan majburiy to‘lov summasining 1%.
  • Ikkinchi ketma-ket kechiktirilgan Majburiy to‘lov uchun jarima: 150 000 so‘m + kechiktirilgan majburiy to‘lov summasining 2%.
  • Uchinchi va keyingi ketma-ket kechiktirilgan Majburiy to‘lovlar uchun jarima: 300 000 so‘m + kechiktirilgan majburiy to‘lov summasining 3%.

Kechiktirilgan qarz bo‘yicha penya - Penya kechiktirilgan qarz summasiga hisoblanadi va majburiy to‘lovga kiritiladi. To‘lovning kechiktirilgan birinchi kunidan boshlab to‘lanishi kerak: kuniga kechiktirilgan majburiy to‘lov summasining 0,3% miqdorida.