AVO ayfon marafon - AVO
AVO iPhone marafoni - bu tanlov bo‘lib, unda har bir xaridingiz, pul o‘tkazmangiz yoki 100 000 so‘mdan boshlab to‘lovingiz g‘olib bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. Qanchalik faol foydalansangiz, g‘oliblar ro‘yxatiga kirish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Aksiya qachon o‘tkaziladi va qancha yutuqli o‘yin bo‘ladi?
Aksiya 2025-yil 10-noyabrdan 28-dekabrgacha davom etadi.
Bu vaqt ichida 6 ta haftalik o‘yin va bitta katta final - 30-dekabr bo‘lib o‘tadi. Grand-finalda butun davr davomida to‘plangan barcha imkoniyatlar hisobga olinadi, ya’ni bir necha marta g‘alaba qozonish mumkin.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Ishtirok etish uchun kredit limitini qabul qiling va agar hali ochmagan bo‘lsangiz, uni oching. Shundan so‘ng, 100 000 so‘mdan boshlab har bir xaridingiz yoki pul o‘tkazmangiz 1 ta yutish imkoniyatini taqdim etadi.
Qaysi amallar uchun imkoniyat olish mumkin:
- har qanday xaridlar uchun to‘lov;
- ilovamizdagi pul o‘tkazmalari yoki xizmatlar uchun to‘lovlar;
- bankomatdan naqd pul olish.
100 000 so‘mdan boshlab har bir chek sizga 1 ta imkoniyat keltiradi. Masalan, agar siz do‘stingizga 250 000 so‘m o‘tkazsangiz, sizda 1 ta imkoniyat bo‘ladi.
Faqatgina o‘zingizga o'zingiz pul o‘tkazsangiz yoki omonatni to‘ldirsangiz sizga imkoniyat berilmaydi.
Nima yutish mumkin?
- oltita iPhone 17 - har haftalik yutuqli o‘yinda bittadan;
- uchta iPhone 17 Pro Max - finalda grand sovrinlar;
- HUMOFEST uchun chiptalar - to‘rt juft;
- AVO merch-to‘plamlari - 21 to‘plam: shopper, futbolka, bo‘yin yostig‘i va poverbank.
O‘yinlar qanday o‘tkazilmoqda?
Har hafta barcha operatsiyalarni yig‘ib, keyingi payshanba kuni jonli efir qilamiz. G‘oliblarni random.org sayti orqali tasodifiy ravishda aniqlaymiz va shundan so‘ng ularning bizning bank xodimlari yoki qarindoshlari emasligini tekshiramiz.
Natijalarni blogimiz va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilamiz.
Imkoniyatingiz qancha ekanini qanday bilsa bo‘ladi?
Biz push-bildirishnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaga yuboramiz.
Baxtli kuningizni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!